Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada rossiyalik jurnalist jonsiz holda topildi
Rossiyalik jurnalist Aleksandr Shchetinin Kiyevdagi kvartirasida boshiga o‘q uzilgan holda topildi.
Ayni vaqtda uning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 54 yoshli marhumning jasadini uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun kelgan do‘stlari kvartira balkonidan topgan. Uning boshida o‘qotar quroldan qolgan jarohat izlari bo‘lib, stuli ostida to‘pponcha yotgan. Jasad oldida o‘lim oldidan yozilgan maktub ham bo‘lgan. Uyning eshiklari yopiq bo‘lgan, favqulodda vaziyat izlari yo‘q.
Mazkur ish hozirda suiqasd sifatida ko‘rilmoqda; jurnalist yaqinlaridan biriga o‘zini o‘ldirmoqchi ekanini bayon qilgan elektron xat jo‘natgan.
Aleksandr Shchetinin «Noviy region» axborot agentligi asoschisi va bosh muharriri hisoblanadi. 2014 yilda u 17 yil umrini bag‘ishlagan agentlikdan ketishini ma'lum qilgan va buni agentlikning Rossiyadagi tahririyatlariga rasmiylar tomonidan o‘tkazilayotgan bosim bilan izohlagandi.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026