O‘zbekiston va Kipr o‘rtasida sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasida bitim kuchga kirdi
2016 yilning 22 avgust kuni 2012 yil 5 aprelda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kipr Respublikasi Hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bitimda ikki davlatning sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi hamkorligini xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish, mutaxassislar va tibbiy-texnik ma'lumotlar bilan almashinish, farmasevtik va tibbiy texnikalarni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish yo‘li bilan amalga oshirish ko‘zda tutiladi.
Hujjatda zarurat tug‘ilganda hamkorlikni yaxshilash va mazkur Bitimning bajarilishini nazorat qilish uchun takliflar ishlab chiquvchi qo‘shma komissiyani tuzish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
14:00 / 16.09.2024
Ukrainalik sobiq oligarx Kolomoyskiy Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi
15:05 / 24.04.2024
Kiprning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
15:17 / 16.11.2023
ICIJ: Kipr firmalari rossiyalik oligarxlarga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam beryapti
08:51 / 01.09.2023