Jahon | 16:32 / 29.08.2016
2805
1 daqiqa o‘qiladi

Bryusseldagi o‘quv binosi hududida portlash ro‘y bergani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Belgiya hukumati Bryusselda, Kriminalistika instituti darvozasi oldida portlash bo‘lgani haqidagi xabarni rasman inkor etdi

Bundan oldinroq 1 avtomobil muassasa darvozasiga borib urilgani, shundan so‘ng yo‘lovchilardan biri portlovchi qurilmani harakatga keltirgani haqida xabar berilgandi.

Mahalliy VRT telekanali ma'lumotiga ko‘ra, aslida ta'lim muassasasi yonida turgan avtomobillardan biri yonib ketgan. Bu maishiy holat sifatida baholangan.

Prokuratura ushbu avtomobil yoqib yuborilishida gumondor sifatida 2 shaxsni qo‘lga olgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid