Belgiya poytaxti Bryusselda, 29 avgustga ötar keçasi Milliy kriminalistika va kriminologiya instituti oldida portlaş röy bergan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

RTL xabariga köra, avtomobil muassasa darvozasiga borib urilgan, şundan söng yölovçilardan biri portlovçi qurilmani harakatga keltirgan. Portlaşdan keyin yonğin çiqqan.

Qurbonlar va jabrlanuvçilar haqida hozirça aniq ma'lumotlar yöq.