Texnologii | 22:22 / 29.08.2016
4558
1 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg Italiyadagi zilzila jabrdiydalariga yordam ajratdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg Italiyadagi zilzila jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish uchun Qizil Xoch hisobiga 500 ming dollar xayriya qildi. 

"Men zilzila haqida eshitganimdan keyin qayg‘uga tushdim va mening birinchi munosabatim yordam berish uchun nima qilish kerakligi haqidagi savol bo‘ldi. Biz Qizil Xoch bilan birga ko‘proq narsa qilishni istadik. Biz 500 ming dollar xayriya qildik va ular ixtiyoriga o‘z platformamizdan foydalanishni taqdim qildik", deb aytdi Tsukerberg Rimda Italiyaning yetakchi universitetlaridan biri Luiss’dagi nutqida.

Bundan avvalroq Tsukerberg rafiqasi Pristsilla Chan bilan Rim papasi qabulida bo‘ldi va Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan uchrashdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid