Jahon | 11:31 / 29.08.2016
9641
1 daqiqa o‘qiladi

Eron zenit raketalari bilan yadro inshootini himoya qiladi

Rossiyaning Eronga yetkazib berilgan S-300 zenit-raketa majmualari Fordo yadro inshootlari hududiga joylashtirilgan. Bu haqda, Islom respublikasi davlat telekanali orqali chiqishida havo hujumidan mudofaa kuchlari qo‘mondoni Farzod Ismoiliy ma'lum qilgan. 

Televideniye Fordo yaqiniga o‘rnatilgan majmualarni namoyish etgan. Ismoiliyning qayd etishicha, endilikda yadro inshooti doimiy muhofazada bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron osmoni «mintaqadagi eng xavfsizlaridan biridir», deb xabar qilmoqda «Interfaks».

Bundan avvalroq, Eron Oliy rahnamosi ayatolla Ali Xamenei, AQSh rasmiy Tehronga S-300 majmualarini xarid qilishda qarshilik ko‘rsatganini ma'lum qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid