Jahon | 15:54 / 29.08.2016
5007
1 daqiqa o‘qiladi

Ostona noyabr oyida yirik xalqaro sammitga mezbonlik qiladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, shu yilning noyabr oyida Ostonada Tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. 

"Noyabr oyida, mening tashabbusim bilan Qozog‘iston poytaxtida Tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, arboblari ishtirok etadi", — degan Nazarboyev, "Yadro qurolisiz dunyoni barpo etish" xalqaro anjumanida qilgan chiqishida. 

Uning qayd etishicha, bo‘lajak sammitda Yadro qurolsizlanishi bo‘yicha xalqaro mukofotni ta'sis etish va uni bu yilgi ilk laureatlariga topshirish masalasi muhokama etiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid