Yevropa Ittifoqi davlatlari davlat va hukumat rahbarlari payşanba kuni, 22 yanvarda Grenlandiya atrofidagi vaziyatga bağişlangan favqulodda sammitda AQŞ prezidenti Donald Trampning uning siyosatiga qarşi çiqqanlarga nisbatan oşirilgan bojlarni joriy etişdan voz keçiş qarorini olqişladi va YeI davlatlarining umumiy manfaatlarni himoya qilişda birdamligi muhimligini ta’kidladi.
“YeI öz manfaatlarini himoya qilişda davom etadi va har qanday şantaj şaklidan özini muhofaza qiladi”, — dedi Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta. Germaniya kansleri Fridrix Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Grenlandiya taqdiri masalasida YeIning jipsligini yuqori baholadi. “Ma’lum böldiki, Yevropa tomonining birdamligi va qat’iyati haqiqatan ham natija berişi mumkin”, — dedi Mers.
Makron qayd etdiki, Yevropa birdam harakat qilsa, “öziga hurmat bilan qaraşga majbur qila oladi”. Şu bilan birga, u vaziyat “maqbul” bölişiga qaramay, “huşyorlikni saqlaş”ga çaqirdi.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bildirişiça, YeI yaqin orada Grenlandiya uçun investitsiyalar paketi taqdim etadi. “Biz YeIning Grenlandiya bilan munosabatlarini mustahkamlaş ustida işlayapmiz va şu doirada Yevropa komissiyasi tez orada keng qamrovli investitsiya paketi taqdim etadi”, — deya Reuters agentligi fon der Lyayyen bayonotini keltiradi.
Bundan taşqari, YeK rahbari ma’lum qilişiça, YeI mudofaa budjeti mablağlarining bir qismini Arktikada foydalaniş mumkin bölgan uskunalarni xarid qilişga, jumladan Yevropa muzyorar kemasini olişga yönaltirmoqçi.
“Biz mintaqadagi Buyuk Britaniya, Kanada, Norvegiya, Islandiya va boşqalar kabi hamkorlar bilan xavfsizlik va mudofaa sohasidagi kelişuvlarimizni mustahkamlaşimiz kerak. Grenlandiya uçun bu haqiqiy geosiyosiy zaruratga aylandi”, — dedi fon der Lyayyen.
Avvalroq, 21 yanvar kuni, AQŞ prezidenti Donald Tramp Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumi (JIF)da Daniyaning avtonom hududi bölgan Grenlandiyani AQŞga harbiy yöl bilan qöşib oliş niyati yöqligini aytgan edi. Şuningdek, u mazkur Arktika oroliga da’volariga qarşi çiqqan davlatlarga nisbatan oşirilgan bojlarni joriy etişdan voz keçişini ma’lum qildi. Bu bojlar 1 fevraldan kuçga kirişi kerak edi.
Tramp sözlariga köra, Davosda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvda Grenlandiya böyiça kelgusi kelişuv uçun “şartlar”ni kelişib olişga muvaffaq bölgan. Ryutte esa tegişli muzokaralar mavzusi Rossiya va Xitoy tomonidan Grenlandiyaga iqtisodiy va harbiy “kiriş imkoni”ning oldini oliş bölganini aytgan.

















