Jamiyat | 16:48 / 29.08.2016
12530
1 daqiqa o‘qiladi

Saratovda o‘zbekistonlik muhojirlar mingan 3ta avtobus to‘xtatildi

Rossiyaning Saratov viloyati politsiyasi ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3ta avtobusni to‘xtatgan. Bu haqda IIVning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan

Xabarda qayd etilishicha, Krasnodardan Toshkentga o‘zbekistonlik 135 nafar fuqaroni olib ketayotgan avtobuslar Verxniy Kurdyum qishlog‘ida to‘xtatilgan.

Xabarda aytilishicha, "Hujjatlarni tekshirish chog‘ida aksariyat yo‘lovchilar Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzgani" aniqlangan.

Yo‘lovchilar va avtobus haydovchilaridan iborat 105 kishi migratsion qonunchilikni buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan. 

Mavzuga oid