11 fevral, seşanbaga ötar keçasi Saratov oblastiga Ukraina uçuvçisiz uçoqlari hujum qildi. Engels va Saratov aholisi portlaş ovozlari haqida xabar berdi. Hududda uçuvçisiz uçoq hujumi xavfini Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqladi.
Mash Telegram-kanali xabariga köra, Saratovda bölaklar qulaganidan keyin katta yonğin boşlangan. Baza Telegram-kanaliga köra, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, infratuzilma obekti yonmoqda. Qurbonlar va vayronagarçiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar yöq.
Ukraina uçuvçisiz uçoqlari uçun potensial nişonlar Engelsdagi strategik aviatsiya aerodromi va Saratov neftni qayta işlaş zavodi bölişi mumkin. Havo hujumidan mudofaa tizimlarining tovuşlari haqida avvalroq Saratov janubida joylaşgan Volgograd oblasti Telegram-kanallari xabar bergan edi.


















