Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh tadqiqot markazlariga kiberhujum uyushtirildi
AQSh Demokratlar partiyasining elektron yozishmalariga hujum qilishda ayblangan "Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi" xakerlar Amerikaning bir qator tadqiqot markazlariga hujum qilishdi. Bu haqida Defense One ma'lum qildi.
Crowdstrike kompaniyasining axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Dmitriy Alperovichning so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiyaga katta e'tibor qaratuvchi tadqiqot markazlari, xususan, Vashingtondagi Xalqaro va strategik tadqiqotlar markazi haqida ketmoqda. Manbaga ko‘ra, xakerlarning hujumidan "beshga yaqin tashkilot va o‘n nafar xodim" zarar ko‘rgan, biroq ma'lumotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘linmagan.
Kompaniya mutaxassislarining ma'lum qilishicha, kiberhujum ortida AQSh Demokratlar partiyasi ma'lumotlar bazasini buzib kirishda ayblangan Cozy Bear guruhi turibdi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026