Jahon | 21:25 / 30.08.2016
3454
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya parlamenti mamlakat prezidentini 3-bosqichda saylay olmadi

Estoniya parlamenti saylovning 3-bosqichida mamlakat prezidentini saylay olmadi, deb xabar bermoqda Postimees.

Ma'lum qilinishicha, saylovlarda ishtirok etgan ikkala nomzod g‘alaba qilish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmadi.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, saylovlarning keyingi o‘tkazilishi uchun saylovchilar kollegiyasi shakllantiriladi. Unga 101 deputat va mahalliy o‘zini boshqarish organlarining 234 vakili kiradi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid