Jahon | 16:54 / 30.08.2016
9721
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasida bayonot berdi

Foto: AFP

Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya bilan munosabatlar yomonlashganidan afsus bildirib, sanksiyalarning bekor qilinishiga ishonishi haqida bayonot berdi. Uning fikricha, o‘zaro jazo choralari qo‘llash siyosatidan voz kechish — umumiy manfaatlarga mos keladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Ukraina inqirozi Rossiyaning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatiga ta'sir qildi. Menimcha, vaziyat afsus qilishga arziydi. Chunki, u barcha tomonlarga, xususan, sanksiyalar tufayli qo‘shma iqtisodiy loyihalarga salbiy ta'sir qildi. Shuning uchun ham, barcha yuzaga kelgan vaziyatdan tezroq chiqish yo‘lini topishdan manfaatdor», — deya bayonot bergan Fransiya rahbari. 

Prezident shuningdek, Fransiya va Rossiya aloqalari har doim ishonchli va qalin bo‘lganini xotirlagan. Ollandning umid bildirishicha, Rossiya tomoni bilan munosabatlarni tiklash mumkin. Ammo, uning qayd etishicha, Rossiya ham o‘z navbatida inqirozlar, jumladan Ukraina va Suriya muammosini hal etishda yordam berishi kerak. 

Mavzuga oid