Özbekistonliklar Fransiyaga boriş uçun Şengen vizasini olişdagi qiyinçiliklarni muhokama qilmoqda. Tarmoqlardagi e’tirozlardan keyin Fransiya elçixonasi va TLScontact viza markazi bayonot bilan çiqdi.
Bloger Nikita Makarenkoning yozişiça, Fransiyaga viza oliş uçun hujjat topşiriş vaqtini tanlaş amalda imkonsiz va buning qinğir yöllari paydo bölgan.
“Aytiş kerakki, oddiy odam uçun hujjat topşiriş navbatini oliş deyarli imkonsiz. Böş vaqtlar heç qaçon bölmaydi, ularni oylar davomida kuzatib ham uşlay olmasligingiz mumkin.
Ba’zi odamlar “dasturçilar” xizmatidan foydalanişga majbur bölmoqda. Ular maxsus dasturlar yordamida tizimdagi böş joylarni avtomatik ravişda band qilib olişadi. Buning narxi 150-200 dollarni taşkil qiladi. Menga esa bir neça bor TLSContact xodimlari orqali navbatni töğridan töğri 500 dollarga sotib olişni taklif qilişdi. Aytişlariça, pulini bersangiz, hatto ertangi kun uçun ham navbat topiş mumkin”, – deya yozdi Makarenko 24 iyun kungi postida.
Uning sözlariga köra, yaqinda TLScontact markaziga Fransiya biznes vizasi uçun hujjat topşirişga muvaffaq bölgan, ammo u yerda yana bir muammoga duç kelgan: Özbekiston hududida tijoriy faoliyat bilan şuğullanayotgan oddiy kompaniya (viza markazi) fuqarolarga u yerda mobil telefondan foydalanişni taqiqlamoqda. Gap foto yoki video oliş haqida emas, balki oddiy internetdan foydalaniş yoki telefon orqali gaplaşiş haqida bormoqda.
TLScontact xodimlari bu çeklovni Fransiya tomonidan berilgan körsatma ekanini bildirgan. Ammo Fransiya, deydi Makarenko, Özbekiston hududida yurisdiksiyaga ega emas va uning körsatmalari Özbekiston qonunçiligiga zid bölişi mumkin emas.
“Men telefonimga kelgan bitta qönğiroqqa javob berdim va qöriqçining talabiga qaramay unga telefonimni körsatmadim. Çunki bu – mening qonuniy huquqim. Natijada menga viza ma’lum çeklovlar bilan berildi.
Fransiya Respublikasi istasa, bu vizani mendan bemalol qaytarib olişi mumkin. Menga uning keragi yöq. Yaxşisi, özingiz Özbekistonga keling – biz sizni kutamiz va sizga munosabat mutlaqo boşqaça böladi. Biz sizlar uçun vizasiz rejim joriy qilganmiz. Sizlar esa bizga korrupsiya, navbat va huquqlarimizning buzilişini ravo köryapsiz”, – deya yozdi bloger.
U mazkur postini e’lon qilganidan bir kun ötib, Fransiya tomoni uning vizasini bekor qilganini












