Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General: AQSh Arktika mintaqasida Rossiyadan ancha ortda qolmoqda
AQSh Arktikani o‘zlashtirishga tayyorgarlik borasida Rossiyadan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Amerika generali Pol Selvaning fikricha, ayni shu mintaqa global raqobatning navbatdagi maydoni bo‘ladi, deb yozadi Business Insider.
Arktika muzliklarining erishi yangi transport yo‘nalishlarini ochish barobarida jahonning shu paytga qadar aniqlanmagan neft va tabiiy gaz zaxiralarining 22 foizini o‘zlashtirish imkonini taqdim etadi. Biroq, Rossiya yangi imkoniyatlardan faol ravishda foydalanayotgan bir vaqtda, AQShning bu mintaqadagi ishtiroki unchalik ham sezilarli ko‘zga tashlanmayapti.
"Biz, Arktikada qandaydir ko‘rinishda paydo bo‘lish bo‘yicha jismoniy imkoniyatlarga ega emasmiz. Biz bunga jiddiy e'tibor berishimiz kerak", — degan Selva.
Maqolada qayd etilishicha, bugungi kunda Rossiya ixtiyorida 20dan ortiq muzyorar kemalar mavjud, AQShda esa atigi ikkita shunday kema bor.
"Bizga, bittami... o‘n ikkitami... nechta muzyorar kemalar zarurligini mutaxassislar hal qilishsin. Biroq, strategik nuqta-i nazardan olib qaraganda, Arktikadagi o‘zgarishlar jarayonini tushunish va boshqarish, kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega bo‘lish bizning manfaatlarimiz, shuningdek, Arktika bilan chegaradosh mamlakatlar, xususan Rossiya manfaatlari doirasiga kiradi. To‘g‘ri, muzyorarlar masalani hal qilmaydi, biroq, ular mazkur muammoni hal etishning bir qismi bo‘lishi mumkin", — deya ta'kidlagan Amerika generali.
Shunga qaramay, deyiladi maqolada, so‘nggi vaqtlarda bu borada ko‘p narsa o‘zgargani yo‘q.
Bir yilgina muqaddam, AQSh sohil qo‘riqlash xizmati komendanti Pol Tsukunft, "AQSh Rossiya bo‘lgan ligada emas. AQSh umuman bu o‘yinda emas", degan edi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026