Sport | 22:21 / 30.08.2016
9725
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi Rossiyani 2018-yilgi o‘yinlardan chetlashtirganiga oydinlik kiritdi

Rossiyalik paralimpiyachilarning Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi o‘yinlarga kiritilmagani, 2018-yilgi qishgi Paralimpiadaga ta'sir qilmaydi. Bu haqda, 30-avgust kuni XPQ matbuot-kotibi Kreyg Spens ma'lum qildi, deya xabar tarqatgan Deutsche Welle.

«Rossiya termasi Paralimpiada-2018ga kiritilmaydi? Unday emas. Rossiya qo‘mitasi o‘z majburiyatlarini bajarishi bilan diskvalifikatsiya bekor qilinadi», — degan Spens. 

29-avgust kuni Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi saytida, rossiyalik paralimpiyachilarni Rio-de-Janeyro Paralimpiadasi o‘yinlaridan mahrum etish Pxenchxan-2018 o‘yinlariga ham tegishli ekani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Rossiyalik nogiron-sportchilar terma jamoasini Rio Paralimpiadasiga kiritmaslik qarori 7-avgust kuni WADA tashkilotining mustaqil komissiyasi hisobotiga asosan qabul qilingan edi. 


 

Mavzuga oid