Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi Xitoy elchixonasi hududidagi portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan
Xitoyning Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan elchixonasida ro‘y bergan portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslangan holda "Interfaks" agentligi xabar bergan.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar bor. Sonlarga aniqlik kiritilmoqda", deyilgan xabarda.
Xabarda portlash elchixona ichkarisida ro‘y bergani tasdiqlangan.
Hodisa joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. Politsiya elchixona joylashgan mavzeni o‘rab olgan.
Bundan oldingi xabarlarda Qirg‘iziston FVV maxsus bo‘limlari portlash haqidagi xabarlardan keyin Bishkek janubidagi, AQSh va Xitoy elchixonalari joylashgan hududga yo‘l olgani aytilgandi.




Mavzuga oid
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:18 / 08.06.2026