16 iyul kuni Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan avtomobillarga propan gaz töldiriş şoxobçasida portlaş röy bergandi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi portlaş tafsilotlari haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati Zangiota tumani Erkin MFY hududida, Katta özbek trakti köçasida joylaşgan "Ohangaron gaz töldiriş şoxobçasi" MÇJga qaraşli avtomobillarga suyultirilgan gaz töldiriş şoxobçasiga faqat avtomobillarga suyultirilgan gaz töldiriş faoliyati uçun ruxsat berilgan bölişiga qaramasdan, maişiy gaz ballonlariga ham gaz töldiriş işlari amalga oşirilgan.
Hodisa vaqtida «Labo» rusumli avtotransport vositasida olib kelingan 6 dona maişiy gaz balloniga suyultirilgan gaz töldirilayotgan bölgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, 100 litrli maişiy gaz ballonlari qölbola tayyorlangan ötkazgiç (perexodnik) orqali gaz bilan töldirilgan.
Uçinçi ballon töldirilayotgan vaqtda şlang yorilib, ulangan joyidan ajralib çiqqan. Bosim ostidagi şlangning qattiq jismga urilişi natijasida çaqnaş sodir bölgan va bu gaz ballonlarining ketma-ket portlaşiga sabab bölgan.
Hodisa oqibatida 2 ta gaz balloni portlagan, 4 ta gaz balloni yongan hamda mexanik deformatsiyaga uçragan. 3 nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş tan jarohatlarini olgan. Ikki nafar fuqaroning ahvoli — örta oğir, bir nafarining ahvoli esa oğir deb baholangan. Ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.
Hodisa joyida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi raisining birinçi örinbosari A. Isoqjonov boşçiligida qömita mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvçi va boşqa vakolatli idoralar vakillari iştirokida dastlabki örganiş işlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari asosida jinoyat işi qözğatilgan bölib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Portlaş va yonğinning aniq kelib çiqiş sabablarini belgilaş maqsadida sudga oid kompleks ekspertiza tayinlangan.

















