Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 6-10 sentabr kunlari Marg‘ilonda ikkinchi «Atlas bayrami» festivali bo‘lib o‘tadi. YuNeSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
Tadbir YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi, «Hunarmand» uyushmasi, YuNeSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, «DVV International» filiali va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, «Hunarmand» uyushmasi raisining o‘rinbosari Lutfiya Mirzayeva, «Ucell» kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Rodika Verbenyuk va boshqalar milliy hunarmandlik o‘zbek xalqi madaniyatida muhim o‘rin tutishini ta'kidlashdi. Davlatimiz tomonidan hunarmandlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida O‘zbekistonning har bir hududiga xos bo‘lgan an'analar saqlanmoqda. Prezidentimizning 2010 yil 30 martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
“Atlas bayrami” festivali milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga xizmat qilayotir.
Joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirildi. Unda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an'anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.
Shuningdek, «O‘zbekiston to‘qimachiligi va barqaror rivojlanish» mavzusida davra suhbati, «Marg‘ilon osmoni ostida» va «Jahon to‘qimachiligi: G‘arb va Sharq» ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Festival doirasida «Hunarmandlar shaharchasi» deb nomlangan amaliy san'at buyumlari yarmarkasi, O‘zbekiston modelerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, «Devzira» osh tanlovi ham o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

14:18
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

18:24 / 09.03.2025