Marğilon şahrida köp qavatli uy oldida öynab ötirgan 2,5 yaşar bolani maşinasida bosib ötib ketgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Ruxsor TV telekanali xabar berdi.
Holat şaharning Zuxro köçasida sodir bölgan. Köp qavatli uy yölagida öynab ötirgan Abubakr Akramjonovni şu yerdagi xonadonlardan birida yaşovçi 55 yoşli ayol Gentra maşinasida bosib ketgan. Hodisa oqibatda tan jarohati olgan bola şifoxonaga yotqizilgan.
55 yoşli haydovçi sudda öşa kuni yaqin qarindoşining uyiga boriş maqsadida yölga çiqqanini, yurgan vaqtida heç qanday bolaning ovozi eşitilmagani va maşinada biror nima bosib ötganini sezmaganini aytgan.
“Bilganimda darrov töxtardim. Masalan, itni ezib ketsangiz ham töxtaysiz-ku! Kelganimda ham yöq, men bosmadim, dedim. Yiğlaganini ham eşitmabman. Kameradan kördim. Telefon böldi, bittasini urib ketibsiz, oyoği va qöli şilinibdi, deyişdi. Körib, ketib qolibsiz, deyişdi. Kamerani köringlar, men urganim yöq, deb tan olmadim. Keyin ertasiga öşa kamerani körişgan ekan, men ekanman”, degan u öz körsatmasida.

Ayol 5 yil avval haydovçilik kursini tamomlab, haydovçilik guvohnomasi olganini bildirgan.
Bolaning otasi sudda farzandining ruhiy holati özgarganini, haydovçi 3 oy ötgan bölsa-da, biror marta qönğiroq qilmaganini ma’lum qilgan.
“Bitta gapni gapirsangiz, qörqib ketadi. Köçaga olib çiqsangiz, maşina kelsa, uyga kiraman, deydi. Oldin doim köçada bölgan, öynagan, boşqa qilgan, uyga kirmayman deydigan bola hozir uydan köçaga çiqqisi kelmaydi”, degan u.
Ota suddan haydovçi ayolga nisbatan qonuniy çora körişni, yetkazilgan moddiy zarar bilan ma’naviy zararni ham qoplab berişini söragan.

Sud hukmi bilan haydovçi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismida (Xavf ostida qoldiriş) hamda 266-moddasi 1-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda uydan çiqişini butunlay çeklaşdan iborat 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Şuningdek, haydovçidan bolaning otasiga 2 mln 350 ming söm moddiy va 25 mln söm miqdorda ma’naviy zarar undiriş belgilangan.

















