Respublika tez tibbiy yordam markazi xabariga köra, joriy yilning 25 sentabr kuni keçki soat 22:15 da Marğilon şahar hududida Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona viloyati filialining Marğilon şahar tez tibbiy yordam stansiyasiga tegişli Volkswagen Caddy rusumli maxsus avtotransport vositasi YTHga uçragan.
U Zarafşon köçasidagi çaqiruvni bajarib qaytiş jarayonida harakatlanayotgan vaqtida Mustaqillik köçasida, 3-oilaviy poliklinika qarşisida katta tezlikda harakatlangan Gentra rusumli avtomobil beton tösiqdan ötib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketişi natijasida tez tibbiy yordam maşinasiga urilgan.
Yöl-transport hodisasi natijasida tez tibbiy yordam şifokori Yu.Q. va feldşeri U.D. yengil tan jarohat olib, zarur tibbiy yordam körsatildi.
Şuningdek, avtotransport vositalari texnik jihatdan şikastlangan.
Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tegişli tartibda suriştiruv işlari olib borilmoqda.












