Jahon | 10:48 / 31.08.2016
5238
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika OTM "Al-Qoida"ning sobiq yollovchisini yolladi

Amerikaning Jorj Vashington Universiteti "Al-Qoida" terrorchi tashkilotining sobiq yollovchisi Jyessi Mortonni, milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert sifatida ishga oldi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Universitet qoshidagi kiber- va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha markaz ekstremizm dasturi vakili Simus Xyusningso‘zlariga ko‘ra, avvallari Yunus Abdulloh Muhammad nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Jyessi Morton aksilterror faoliyatning "noyob namunasi"ni o‘tkazadi. 

"Biz hozircha, radikallashganlarni qanday ortga qaytarishni bilmaymiz. Jyessi esa u dunyoda bo‘lib qaytdi", — degan Xyus.

Telekanalning xabar qilishicha, Mortonni ishga olishdan avval, Xyus bu masalani FQB, xavfsizlik sohasi vakillari va advokatlar bilan muhokama qilgan. Xyus shuningdek, universitetning yangi xodimiga ishonishini bildirgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid