Texnologiya | 21:55 / 31.08.2016
6517
2 daqiqa o‘qiladi

Kia Xitoy bozoridagi krossoverini yangiladi

Koreyaning Kia kompaniyasi Xitoyda sotiladigan KX3 krossoverini yangiladi. Uning platformasi negizida ishlab chiqariladigan Hyundai Creta yaqinda MDH bozorida paydo bo‘lgandi. 

Yo‘ltanlamasning kuzovi restaylingdan so‘ng, deyarli butunlay o‘zgargan. Uning bamperi va radiator qafasi shakli ham yangilangan. Bundan tashqari, modeldan gorizontal diodli yoritqichlar olib tashlangan. 

Kia KX3ning orqa tomoni deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Birgina, orqa bamper ko‘rinishi boshqaroq shakl kasb etgan. 

KX3 intererida faqat markaziy konsol o‘zgartirilgan. Salonning boshqa qismi avvalgidek qolgan. 

Yo‘ltanlamas, oldingidek, ikkita benzinli 1.6 litr hajmli (havoli va turbo), 125 va 160 ot kuchiga ega dvigatel, bundan tashqari 161-ot kuchli, havoli, 2.0 litr hajmli «to‘rt silindr» motor bilan ham sotuvga chiqariladi. 

Kia KX3ning restayling qilingan rusumi 2-sentabr kuni Xitoyning Chendu shahridagi avtoshouda namoyish etiladi. 

Kia mazkur modelini MDH bozorida sotilmaydi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid