Avtomobilni işlab çiqarişni ADM Jizzakh zavodida yölga qöyiş rejalaştirilgan bölib, hozirda u yerda yangi işlab çiqariş liniyasi işga tuşiriliş arafasida. Mazkur loyiha Kia’ning texnologik standartlariga muvofiq amalga oşirilmoqda va tarkibiy qismlarni tayyorlaşdan tortib yakuniy sifat nazoratigaça bölgan töliq jarayonni öz içiga oladi.

Yangi sedan keng doiradagi haydovçilarga möljallangan bölib, kundalik foydalaniş uçun puxta öylangan dizayn, qulay salon va zamonaviy raqamli yeçimlarni özida mujassam etgan.

ADM kompaniyalar guruhi boş direktori Daniyar Davletiyarovning sözlariga köra, model işga tuşirilişi kompaniya rivojlanişining keyingi bosqiçini aks ettiradi.

“Biz boşidanoq işlab çiqarişni xalqaro standartlarga mos holda barpo etdik. Bugun biz yetkazib beriş geografiyasini kengaytirmoqdamiz: yangi model uçun butlovçi qismlar nafaqat Koreyadan, balki Meksika va boşqa mamlakatlardan ham yetkazib beriladi. Mazkur loyiha ADM’ning global işlab çiqariş jarayonlariga integratsiyalaşuvida muhim qadam hisoblanadi”, — dedi u.

ADM Jizzakh’da işlab çiqarişni rivojlantiriş mahalliy bozor uçun yangi texnologiyalarni joriy etişdan tortib yetkazib beruvçilar bilan hamkorlikni kengaytirişgaça bölgan qöşimça imkoniyatlarni ham oçib beradi.

Modelning rasmiy nomi hozirça oşkor etilmagan. Uning Özbekistondagi ilk namoyişi 27 aprel kuni bölib ötadi.

Veb-sayt | Elektron poçta

ADM: Instagram | Facebook | YouTube | X |