Yangi sedan kundalik foydalanishda shinamlik, qulaylik va ishonchni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Model zamonaviy haydovchilar kutganidek ergonomik salon, yuqori darajadagi jihozlanish va muvozanatlashtirilgan xususiyatlarni taqdim etadi.

K3 nomi “kuch” so‘ziga hamohang bo‘lib, avtomobilning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi: ishonchli, texnologik jihozlanishga ega va puxta o‘ylangan. O‘zining o‘lchamlari va jihozlanishi tufayli Kia K3 yuqori toifadagi modellar bilan taqqoslanadigan qulaylik darajasini taqdim etadi.

Avtomobilning o‘lchamlari 4545 × 1765 × 1475 mm, yukxonaning hajmi esa 544 litrga yetadi.

Dizayn

Eksterer Kia Opposites United (“Qarama-qarshiliklar birligi”) falsafasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Power to Progress (“Progress uchun energiya”) konsepsiyasiga urg‘u berilgan. Star Map old yoritish chiroqlari modelning zamonaviy va tanilgan ko‘rinishini shakllantiradi, yangilangan "yo‘lbars tabassumi" radiator panjarasi esa avtomobilning texnologik xususiyatini ifodalaydi.

Dinamik fastback qiyofasi, birlashtirilgan orqa tomon optika tizimi va ifodali kuzov chiziqlari avtomobil ko‘rinishini zamonaviy va ta’sirchan qilib ko‘rsatadi. Komplektatsiyasiga qarab, diametri 15 dan 17 dyuymgacha bo‘lgan g‘ildirak disklari mavjud.

GT Line versiyasi o‘zining ekstereri va intererining sport elementlari bilan ajralib turadi: original bamperlar, 17 dyuymli disklar, o‘rindiqlarning ikki rangli qoplamasi, qora shift va pedallardagi metall qoplamalar. Model uchun beshta kuzov rangi mavjud: oq, kumush, to‘q kulrang, oq marvarid, qora marvarid.

Interer

Kia K3 intereri Technology for Life ("Turmush uchun texnologiyalar") tamoyili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, qulaylik va funksionallikka yo‘naltirilgan. Old panelning gorizontal arxitekturasi salon maydonini vizual ravishda kengaytiradi, multimedia va iqlim nazorati boshqaruv elementlari esa yagona ergonomik hududga birlashtirilgan.

Komplektatsiyaga qarab, Supervision raqamli qurilmalar paneli, 10,25 dyuymgacha ekranga ega multimedia tizimi, Apple CarPlay va Android Auto tizimi qo‘llab-quvvatlashi, smartfon uchun simsiz quvvatlash tizimi va elektr yuritmali lyuk mavjud.