Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
V2.0 – aqlli elektr ta'minoti tarmoqlari yanada taraqqiy topmoqda
Hozirgi kunda 2.0 elektr tarmog‘i sifatida keng tanilgan «Aqlli elektr ta'minoti tarmog‘i» (Smart Grid), IBM kompaniyasi tomonidan 2006 yili «Aqlli elektr ta'minoti tarmoqlari uchun infratuzilma yechimlari» deb nomlangan hisbotda xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola qilingandi.
2011-yilning 7- aprelida AQSh elektr energetikasi ilmiy-tadqiqot instituti Smart Grid tizimining afzalliklari va xarajatlari to‘g‘risidagi o‘z hisobotini e'lon qildi. Ushbu hisobotda AQShda yangi elektr ta'minoti tizimini to‘liq joriy etishga sarflanadigan xarajatlarga baho berilgandi. Hisobot ma'lumotlariga ko‘ra, Smart Grid tizimini AQShda joriy etilishi uchun $338 mlrd. dan $476 mlrd. gacha xarajat talab etiladi, olinadigan foyda esa $1,3 trln. dan $2 trln. gacha mablag‘ni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha tarzda AQShda LPT podstansiyalarini ta'mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirildi. Uning maqsadi aloqa va boshqaruv sohalarida muhim o‘rin tutgan zamonaviy energiya tizimining zaif jihatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Yevropa mintaqasida Smart Grid tizimini rivojlantirish bilan asosan Yevropa Ittifoqi shug‘ullanadi. Uning tegishli idoralari mazkur yo‘nalishda maqsad, siyosat va strategiyalarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga yetarlicha mablag‘ sarflaydi. Barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, elektr energiyasi tizimidagi quvvat iste'molini va zararli gazlarning havoga chiqarilishini kamaytirish kabi yo‘nalishlar Yevropada asosiy vazifalar sifatida amalga oshirilyapti. Yevropada joriy etilayotgan Smart Grid tizimining maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, uni taqsimlashga yangicha yondoshish va mijozlarga axborot almashinuvi kabi interfaol xizmatlar taqdim etishdan iborat. YeI sof va qayta tiklangan energiyaning iste'moldagi ulushini k 2020 yilga qadar 20% gacha yetkazish va aynan shu muddatgacha butun Yevropa mintaqasida energiya ta'minoti tizimlari integratsiyasini yakunlashni rejalashtirmoqda. 2010-2018 yillar mobaynida Smart Grid tizimiga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 2 mlrd. Yevroni tashkil etadi.
Korxonalar uchun turli tizimlarni barpo etish va IT xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yetakchi hisoblangan ZTE kompaniyasi Smart Grid uchun keng yo‘lkali yechim ishlab chiqish borasidagi o‘z rejasini taqdim etdi. Uning amalga oshirilishi jahon energetika sohasidagi intellektual inqilobni yanada tezlashtiradi.
ZTEning energetika sohasidagi aqlli keng yo‘lkali yechimi elektr energetikasi kompaniyalariga axborot infratuzilmasini shakllantirish borasida yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Ushbu infratuzilma Smart Grid tizimini barpo etishda axborot yig‘ish (masalan, smart-hisoblagichlar, videokuzatuv uskunalari, avtomatlashgan OA), ma'lumot uzatish (ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i, dispetcherlik va aloqa tarmog‘i, ichki axborot ofisi va boshqalar) va axborotni saqlash (ma'lumotlarga ishlov berish markazlari uchun yechimlar)ga qaratilgandir.
ZTE tomonidan energetika sohasini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq, elektr enegetikasi sohasidagi kompaniyalarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmat elektr quvvatining mavjud resurslaridan mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida samarali foydalanishni rejalashtirishdan iboratdir.
ZTE yechimlari mazkur sohada axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi. Iste'mol terminali, ultra diapazondagi uzatish tarmog‘i orqali yig‘ilgan ma'lumotlar yordamida, shuningdek tarixiy ma'lumotlarni yig‘ish va saqlash vositasida joriy sharoitlar va holatni tahlil qilish osonroq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida elektr energetikasi kompaniyalari tomonidan elektr ta'minotini rejalashtirish uchun oqilona qarorlar qabul qilinishini ta'minlaydi.
ZTEning elektr energetikasi sohasi uchun aqlli yechimi yettita sub-yechimdan tashkil topgan:
• Elektr energiyasini uzatish axborot tizimi:
100G davriga optik uzatish sohasidagi yetakchilardan biri sifatida kirgan ZTE shirkati butun dunyo bo‘ylab fiksatsiyalangan va mobil interfaol optik transport magistrallarini qurmoqda. Bunda professional dizayndan tortib, ZXMP/ZXONE turkumidagi optik uzatuv asbob-uskunalarini ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq qamrab olinadi.
• Elektr energiyasi tarmoqlarining axborot-dispetcherlik tizimlari:
ZTE tomonidan taqdim etilayotgan ma'lumotlarni uzatishga qaratilgan samarali va ishonchli kommunikatsion asbob-uskunalar asosiy dispetcherlik xizmatining alohida bo‘g‘inlari sifatida sanoatda avvaldan o‘rnatilgan va yangi IP kontrollerlarni ulash uchun turli interfeys va modullarni taqdim etadi. Bundan tashqari ZTE ZXR10 turkumidagi asbob-uskunalar asosiga qurilgan ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i enegetika sohasining mashaqqatli snovlariga dosh beradi. Shunindek, MDU tizimi asosidagi ZXA10 PON asbob-uskunalari elektromagnit mutanosiblik va xarorat borasidagi qat'iy talablarga javob beradi.
• Korxona ofisini avtomatlashtirish tizimi:
IT sohasidagi tadrijiy taraqqiyot natijasida ofisdagi barcha ehtimoliy holatlarni qamrab oluvchi turli ilovalarni taklif etilmoqda. Kompaniyalar bilan hamkorlik, joriy etilgan xizmatlar va takdim etilayotgan yechimlar ZTE mijozlari faoliyatining samaradorligini oshirmoqda. ZTEning UC, VCS yechimlari, bulutli terminallar, an'anaviy IT xizmatlarning modernizatsiyalanishi natijasida korxonalar xodimlari uchun qulay elektron ofis taklif etilmoqda.
• Data-markaz:
Odatda, OPEX indeksi yangidan bunyod etilgan data-markazi samarali faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. ZTE kompaniyasi modulli ma'lumot markazlari uchun muvaffaqiyatli, texnik xizmat ko‘rsatish borasida oddiy yechim taklif etmoqda. Konteynerli va modulli data-markazni qisqa muddatda qurish imkoniyati ZTE mijozlariga raqobatda ustunlik beradi.
• Aqlli hisoblagichlar (Smart Metering):
ZTE kompaniyasi DLMS/COSEM va STS standartlariga mos keluvchi aqlli hisoblagichlar va nazorat tizimlariga ega. ZTE ZX va MDMS/HES turkumidagi hisoblagchlar vositasida ZTE o‘z mijozlariga E2E yechimlarini taklif etmoqda.
• Tarmoq xavfsizligi:
Tarmoq asbob-uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida ZTE kompaniyasi tarmoq xavfsizligiga tahdid soluvchi xatarlarni yuqori darajada bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni taklif etmoqda. ZTE ZXSEC turkumidagi yechimlardan foydalanib, korxonalar 24 soat davomida himoya va xavfsizlikni ta'minlay oladilar.
• Nimstansiyalar videokuzatuvi:
Kichik va xizmat ko‘rsatilmaydigan nimstansiyalar bir qator energetik kompaniyalar tomonidan qulay va tejamkor yechim sifatida ishlatiladi. Garchi bundan nimstansiyalar insoniy resurs va ortiqcha xarajatlarn talab qilmasada, ularni boshqarish masalasi murakkablik tug‘diradi. ZTE bu muammoni masofadan turib videokuzatuv o‘rnatish tizimi va nimstansiyadagi quvvat sarfi hamda atrof muhit monitoringi tizimini ishlab chiqish orqali hal qildi. ZTE ViewEye tizimi va yuqori tiniqlikdagi IP-kameralar yordamida nimstansiyaning barcha hududlarining to‘liq nazoratini ta'minlash mumkin. Quvvatlanish va atrof muhit sensorlari ko‘rsatkichlarni real vaqt tizimida qayd etib, tizimning uzluksiz faoliyatini ta'minlab beradi.
60 ta mamlakatdan 80 dan ortiq mijozlar ZTEni elektr energiyasi sohasidagi o‘z strategik hamkori sifatida tanladilar. Ular orasida ZESCO (Zambiya), CADAFE (Venesuela), Internexa (Peru) va boshqa kompaniyalar bor. ZTE shirkati, an'anaviy texnologiyalarni taklif qilar ekan, o‘z mijozlariga yangi xizmatlarni taqdim etish orqali qo‘shimcha daromad olishga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2021
O‘zbekistonda ZTE Blade smartfonlarining sotuvi boshlandi
18:23 / 12.11.2021
Bayden Huawei va ZTE qurilmalaridan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi
17:46 / 01.07.2021
ZTE “aqlli” futbolka chiqardi
09:11 / 02.09.2020