Xitoyning ZTE kompaniyasi Axon 20 5G smartfonini taqdim etdi. E'tiborlisi, qurilma displey ostida joylaşgan old kameraga ega dunyodagi birinçi seriyali smartfon hisoblanadi.
Bir neça yil avval ba'zi kompaniyalar, jumladan ZTE kamerani ekran ostiga joylaştirişga imkon beruvçi texnologiyani işlab çiqişga kirişgan, biroq hanuzgaça bunday kamerali smartfonning faqat prototiplarini işlab çiqiş bilan çeklanib qolingan.
ZTE Axon 20 5G smartfoni 6,92-dyuymli FullHD+ OLED-displeyi bilan jihozlanadi. Ekran ostidagi kamera ekranning yuqori qismi markazida joylaşgan. Kompaniyada ta'kidlanişiça, bunday “körinmas” kamerani bir neçta texnologiyalar va maxsus dastur yaratişga imkon berdi.

Smartfon ekrani 7 ta turli qatlamdan, jumladan, himoyalovçi oyna, polyarizator, germetik oyna, katod, OLED, matritsa va oyna-taglikdan iborat.
Smartfonning boşqa körsatkiçlariga kelsak, u 5G tarmoqni qöllab-quvvatlovçi Qualcomm Snapdragon 765G protsessori, 6 Gb yoki 8 Gb tezkor xotira hamda 128 yoki 256 Gb asosiy xotira bilan jihozlanadi. Smartfonning asosiy kamerasi 4 ta moduldan iborat. Qurilma 4220 mA-soatli batareyada işlaydi.


Ma'lum qilinişiça, yangi qurilma 10 sentyabrdan faqatgina Xitoyda sotuvga çiqariladi. Uning narxi qanday hamjdagi xotira bilan jihozlanişiga boğliq holda 322 dollardan 410 dollargaça turadi.
Bu ZTE kompaniyasi foydalanuvçilarni birinçi marta özining antiqa işlanmalari bilan xursand etişi emas. Bundan oldin kompaniya bosiş kuçiga ta'sirçan dunyodagi birinçi displeyni, maxsus közoynaklar qöllaşni talab qilmaydigan uç ölçovli tasvirga ega birinçi ekranni hamda ikki ekranli ilk bukiluvçi smartfonni taqdim etgan.
















