AQŞ prezidenti Jo Bayden Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanişni taqiqlovçi qonunga imzo çekdi.

Qonun loyihasi 28 oktabr kuni AQŞ Senati, noyabr boşlarida Vakillar palatasi tomonidan ma'qullangandi.

Qonunga köra, bundan buyon AQŞ federal aloqa komissiyasi (FCC) Xitoy kompaniyalari qurilmalaridan foydalaniş böyiça heç qanday arizani körib çiqmaydi va tasdiqlamaydi.

FCC komissari Brendan Karrning sözlariga köra, komissiya 2018 yildan buyon Huawei kompaniyasining 3 mingdan ziyod arizasini ma'qullagan.

Şuningdek, FCC Xitoy kompaniyalariga ilgari berilgan ruxsatnomalarni qaytarib olişi mumkin.

Mart oyida FCC Xitoyning beşta kompaniyasini milliy xavfsizlikka tahdid deb topgandi. Bular Huawei, ZTE, Hytera, Hangzhou Hikvision Digital Technology va Zhejiang Dahua Technology kompaniyalaridir.