Smartfonlar bozorida yangilik – hamyonbop mobil qurilmalarga ixtisoslaşgan ZTE kompaniyasi endi Özbekistonda.
Joriy yilda ZTE Mobile Devices va ERC Distribution örtasida kelişuv imzolangan bölib, unga köra Özbekiston bozorida bir qator smartfonlarning savdosi boşlanadi.
Özbekistonda brendning quyidagi modellari sotiladi: ZTE Blade A3 2020, ZTE Blade A31, ZTE Blade A51, ZTE Blade A71 va ZTE Blade V30 Vita.
ZTE Blade V30 Vita: katta ekran va zamonaviy taşqi köriniş
ZTE Blade V30 Vita smartfoni 6,82 dyuymli katta HD+ displey bilan jihozlangan. Old kamera ajoyib körinişga ega tomçi şaklidagi kesimga joylaştirilgan. Blade V30 Vita smartfonining orqa qismiga hayotingizning eng yaxşi lahzalarini suratga oliş imkonini beruvçi 48 megapikselli asosiy sensorga ega uçtalik blok örnatilgan. Şuningdek, smartfonning old qismiga selfilar uçun möljallangan 8 megapikselli kamera joylaştirilgan. 5000 mA/soat quvvatga ega batareya smartfondan uzoq muddat davomida foydalaniş imkonini beradi. Şuningdek, Blade V30 Vita kontaksiz NFC moduli bilan jihozlangan bölib, u xaridlarni tez va oson amalga oşiriş imkonini beradi.

ZTE Blade A71 smartfoni yuqori sifatli 6,52 dyuymli HD+ displey, 16 megapikselli asosiy kamera, 120° köriş burçagiga ega 8 megapikselli optika va 2 megapikselli çuqurlik sensoridan iborat uç modulli tizim bilan jihozlangan. Blade A71 smartfonining yon tomonida barmoq izlari skaneri mavjud bölib, blokirovkadan çiqariş va yoqiş bir vaqtning özida amalga oşiriladi. Bundan taşqari, smartfon yuzni taniş funksiyasi bilan jihozlangan. Blade A71 foydalanuvçining yuzini turli burçaklardan taniy oladi. Energiyani tejovçi texnologiyaga ega kuçli 4000 mA/soat quvvatga ega batareya smartfondan faol tarzda foydalaniş va sevimli kontentingizdan yanada uzoqroq vaqt zavqlaniş imkonini beradi.

ZTE Blade A51 smartfoni 6,52 dyuymli katta HD+ ekran bilan jihozlangan. Suv tomçisi şaklidagi kesimda ajoyib selfilar uçun möljallangan old kamera joylaşgan. Blade A51 smartfonining orqa qismida 13 megapikselli asosiy sensor va 2 megapikselli çuqurlik sensoriga ega ikkitalik blok joylaşgan. Şaxsiy ma'lumotlaringizning töliq xavfsizligini ta'minlaş maqsadida smartfon barmoq izlari skaneri va blokdan çiqariş uçun yuzni taniş funksiyasi bilan jihozlangan.



















