Egilgan 21-dyuymlik displeyga va mexanik klaviaturaga ega bo‘lgan noutbuk taqdim etildi
IFA 2016 ko‘rgazmasi ochilishi oldidan egilgan 21-dyuymlik displeyga ega Acer Predator 21 X noutbuki taqdim etildi. Qurilmaning o‘lchamlari juda ham kichik emas -568x314.5x83.25 mm va og‘irligi esa 8 kilogramm. Bunday o‘lchamlar bilan qurilmani leptop emas, balki kichik o‘yin kompyuteri deb hisoblasa bo‘ladi.
Acer Predator 21 X ichida zamonaviy yettinchi avlod Intel Core protsessori, 64 GBgacha bo‘lgan operativ xotira, SLI tizimida ishlovchi bir juft NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartalari, besh dona ventilyatordan tashkil topgan sovutish tizimi, Dolby Audio texnologiyasiga ega bo‘lgan SoundPound 4.2+ dinamiklari, 2560x1080 nuqtaga va NVIDIA G-Sync texnologiyasiga ega 21-dyumlik displey joylashtirilgan.
Cherry MX o‘zgartiruvchilariga ega bo‘lgan mexanik klaviaturasi uning e'tiborga loyiq hususiyatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, klaviaturasiga RGB-yoritgichi va sensor yuzasi joylashtirilgan.
Qurilmaga o‘yin davomida yaxshi nishonga olish uchun mo‘ljallangan Tobii nigohni kuzatish tizimi o‘rnatilgan.
Noutbikning narxi va elektr tarmog‘iga ulanmagan holda qancha ishlay olishi ma'lum qilinmagan. Acer Predator 21 X keyingi yilning birinchi choragida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
10:58 / 07.11.2024