21:06 / 02.09.2016
6750

Filippin prezidenti tug‘ilgan shaharda kuchli portlash ro‘y berdi

Filippinda ro‘y bergan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Sinxua agentligi politsiyadagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, juma kuni kechqurun Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening ona shahri bo‘lmish Davaoda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu hodisa katolik universitet yaqinidagi bozor hududida ro‘y bergan. Portlash sabablari o‘rganilmoqda.

Top