Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG Electronics robototexnikaga sarmoya kiritadi
LG Electronics Inc kompaniyasi robotlar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Kompaniya sun'iy ong sohasidagi loyihalar ortidan daromad ko‘rishni mo‘ljallayapti. Bu loyihalar natijada odamning kundalik yumushlarini bajara oladigan murakkab mashinalarning yaratilishiga olib kelishi mumkin.
Kompaniyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi bo‘limi muzlatgich, kir yuvish mashinalari va konditsionerlar kabi avval ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan yaqindan ishlay oladigan qurilmalar ishlab chiqaradi.
Kompaniya kiritiladigan sarmoya miqdori va robotlashtirilgan mahsulotlarning bozorga chiqish muddatini ma'lum qilmadi.
Ayni vaqtda turli davlatlar yangi tarmoqni yaratish yoki odamlarga oshpazlar, ishchilar sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan mashinalarni tatbiq qilish yo‘li bilan tug‘ilishning past darajasi va aholining qarishi kabi ijtimoiy muammolarni yenga olishga intilib, robototexnikaga katta mablag‘lar kiritmoqda.
Avvalroq LG kompaniyasi Intel Atom protsessori, 2 gigabayt tezkor xotira, diagonali 29 dyuymli sensor displeyli hamda Windows 10 operatsion tizimi ostida ishlovchi muzlatgichni taqdim qilgandi. Bundan tashqari, muzlatgichdagi virtual yordamchi Cortana bilan muloqot qilish uchun ovoz dinamigi va mikrofon bor.
Mavzuga oid
11:13 / 21.08.2025
Robotlar olimpiadasida Xitoy kompaniyalari zafar quchdi
23:47 / 08.08.2025
Xitoyda odamsimon robotlarning dunyodagi birinchi do‘koni ochildi
21:05 / 19.03.2025
Nvidia «Yulduzlar jangi» filmidan ilhomlanib, yangi robotni yaratdi
21:17 / 03.04.2024