Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va YeI o‘rtasida vizalarni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi
Yaqin haftalarda Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida viza rejimini liberallashtirish haqida bir qarorga kelinishi mumkin. Bu haqida Reuters agentligi Germaniya kansleri Angela Merkelning so‘zlariga asoslanib, ma'lum qildi.
Yevrokomissiyaning so‘nggi hisobotida vizalarni bekor qilish uchun Turkiya tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ikki shart qayd qilingan, ularni bajarish uchun Anqaraga ko‘proq vaqt talab qilinadi, bundan tashqari yana besh shart bo‘lib, ularni yaqin orada amalga oshirish lozim. Bu shartlarning orasida - aksilterror qonunchilikni o‘zgartirish. Turk hukumati aynan shu talabni bajarishi qiyin masala.
Bundan avval Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Anqara barcha zarur shartlarni bajarsa, shu jumladan aksilterror qonunchilikni o‘zgartirsagina, Yevroittifoq 1 oktabrdan Turkiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026