Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple korporatsiyasi iPhone 4 CDMA-modelining servisini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
Apple kompaniyasi 7 sentabrga mo‘ljallangan yangi mahsulotlari taqdimotidan keyin "Eskirgan va ekspluatatsiyadan chiqqan mahsulotlar" qatorini iPhone 4 CDMA-versiyasi bilan to‘ldiradi. Bunday qaror ushbu devaysni Apple va uning vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlarida ta'mirlay olmasligini bildiradi. Bu haqida 9to5mac portali xabar berdi.
Korporatsiya ishlab chiqarishdan besh yildan ortiq va yetti yildan kam vaqt mobaynida olib tashlangan modellarni eskirgan qurilmalar qatoriga qo‘shadi. Ekspluatatsiyadan chiqqan Apple mahsulotlari - bu yetti yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan devayslar.
13 sentabrda iPhone 4 CDMA-modeli vintage maqomini oladi, bu qurilmani faqat Kaliforniya va Turkiyadagi ba'zi xizmat ko‘rsatish markazlaridagina ta'mirlash mumkin bo‘ladi, deganidir.
Shunday bo‘lsa-da, iPhone 4 GSM-modelini servis qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Apple yangi mahsulotlarining kelgusi taqdimotidan so‘ng iMac (2009), Mac mini (2010) va Mac mini Server (2010) kompyuterlari ham "vintaj" maqomiga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
11:30
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026