Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya 2011 yildan buyon ilk marta Eronga elchi jo‘natdi
Buyuk Britaniya hukumati Eronga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, muqaddam Qatar va Yamanda ishlagan diplomat Nikolas Hopton endilikda Buyuk Britaniyaning Erondagi elchisi hisoblanadi.
2015 yilning avgustida Eron Londondagi elchixonasini qaytadan ochgandi. Ko‘p o‘tmay Buyuk Britaniya ham Tehron bilan diplomatik aloqalarni tikladi.
2011 yili namoyishchilar Tehronda G‘arb sanksiyalariga munosabat sifatida Buyuk Britaniya elchixonasiga hujum qilishgandi. Natijada Buyuk Britaniyaning Tehrondagi, Eronning Londondagi elchixonasi yopilgandi.
Mavzuga oid
15:42
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026