G20 mamlakatlari Brexit oqibatlariga qarshi kurashish imkoniyatiga ega
G20 mamlakatlari rahbarlarining tan olishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi bilan bog‘liq Brexit jarayoni jahon iqtisodiyotiga noaniqlikni qo‘shimcha qiladi, biroq, ular Britaniyaning mazkur qaroridan kelib chiqadigan oqibatlarga qarshi kurashish borasida yetarlicha mablag‘ga egaliklarini ta'kidlashmoqda. Bu haqda, G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan kommyunikeda so‘z yuritilgan, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
"Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha referendum natijasi jahon iqtisodiyotiga noaniqlik muhitini qo‘shadi. Biroq, G20 mamlakatlari Brexit’ning iqtisodiy va moliyaviy oqibatlariga faolroq qarshi turish uchun tayyor", — deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, "yigirmalik mamlakatlari"ning ishonch bildirishicha, "kelajakda Buyuk Britaniya YeIning yaqin hamkori bo‘lib qoladi".
Mavzuga oid
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:55 / 11.10.2024