Jahon | 12:52 / 05.09.2016
7791
1 daqiqa o‘qiladi

G20 terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashadi

© RIA Novosti

G20 mamlakatlari terrorizmni moliyalashtirayotgan barcha manbalarga qarshi kurashib, ularning aktivlarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi, deyiladi G20 sammiti yakuniga bag‘ishlangan kommyunikeda. 

"Biz, terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash borasida qat'iyatimiz va birdamligimizni tasdiqlaymiz", — deyilgan hujjat matnida. 

"Biz terrorchilarni moliyalash manbalari, mexanizmlari va kanallariga, xususan noqonuniy soliqqa tortish, tabiiy zaxiralar kontrabandasi, madaniy yodgorliklar va odamlarni o‘g‘irlashga qarshi harakat qilamiz", —deb ta'kidlanadi kommyunikeda. 

Bundan tashqari, "yigirmalik" mamlakatlari terrorizmga qarshi kurashda "axborotlarni samarali almashib, terrorchilar mablag‘larini muzlatadi".
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid