Xanchjouda Putin va Obama uchrashuvi boshlandi
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan "katta yigirmalik" sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Barak Obamaning o‘zaro uchrashuvi boshlandi, deb xabar qilmoqda jahon OAV.
Uchrashuv Xanchjoudagi Xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda. Putin va Obama qo‘l berib ko‘rishgach, muzokaralarni boshlashgan.
Davlat rahbarlari uchrashuvida Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, matbuot kotibi Dmitriy Peskov va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashmoqda. AQSh delegatsiyasi tarkibida Jon Kerri ishtirok etayapti.
Avvalroq, Dmitriy Peskov ma'lum qilganidek, Putin va Obama muzokaralarida asosan Suriyadagi vaziyat muhokama etiladi.
RIA Novostining Rossiya delegatsiyasidagi manbasiga ko‘ra, uchrashuv o‘tkazishni Obama taklif etgan.
Kuni kecha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya muammosini muhokama etishgan edi. Blumberg agentligiga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olmaganlar.
Mavzuga oid
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:55 / 11.10.2024