Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy rahbari Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga qarshi chiqdi
Xitoy Janubiy Koreyada AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlari THAAD o‘rnatilishiga qarshi chiqdi. Bunday fikrni Xitoy raisi Si Tszinpin Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan G20 sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv davomida bildirdi.
"Masalaning noto‘g‘ri hal qilinishi mintaqada strategik barqarorlikni ta'minlashga yordam bermaydi va mavjud ixtiloflarni chigallashtirishi mumkin", deb aytdi Xitoy raisi.
Iyulda Janubiy Koreya va AQSh Janubiy Koreya hududida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishni kelishib olgandilar. THAAD raketalarga qarshi majmuasi "Shimoliy Koreya tomonidan bildirilayotgan tahdidga qarshi mudofaa" vaji ostida 2017 yil Sonju uyezdida paydo bo‘ladi.
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning bu rejalariga javoban "eng qat'iy jismoniy qarshi choralarni ko‘rish" bilan tahdid qildi.
Pekinda, o‘z navbatida, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalarni ushlashga mo‘ljallangan va 48 ta ushlovchi raketasi bo‘lgan 6 ta otish qurilmasidan iborat tizim aslida Xitoyga qaratilganidan xavfsiralmoqda.
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026