O‘zbekistonliklar Islom Karimov nomini abadiylashtirish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekistonning qaysi joylariga respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berilishi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan faol ravishda muhokama etilmoqda.
Hukumat qaroriga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari a'zolaridan tashkil topgan maxsus komissiya 2 sentabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston birinchi prezidenti nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak.
Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, ta'lim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.
Sputnik muxbiri Toshkent ko‘chalarida bo‘lib, ushbu borada aholining fikri bilan yaqindan tanishdi. Toshkentliklarning aksariyati Islom Karimov nomini “Toshkent” yoki “Samarqand” xalqaro aeroportiga berish tarafdori. Dunyoda bunday misollar juda ko‘p, masalan AQShdagi Kennedi aeroporti yoki Turkiyadagi Otaturk aeroporti.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Islom Karimov nomini prezident vafoti arafasida ochilgan O‘zbekistondagi birinchi yoysimon ko‘prikka, Toshkent xalqaro aeroportiga yoki Toshkent shahridagi metro bekatlaridan biriga berish fikrlarini bildirmoqda.
Toshkent markaziy ko‘chalaridan yoki bog‘laridan birini Islom Karimov nomi bilan atash variantlari ham bildirilgan.
Shu bilan bir vaqtda, o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi poytaxt markazida Islom Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik va muzeydan tashkil topgan xotira majmuasi qurishni taklif qilishmoqda.
O‘zbekiston yoshlari Karimov nomini Toshkent OTM va stadionlaridan biriga berish fikrini bildirmoqda. Bir guruh tashabbuskorlar esa prezident ertalab ishxonaga kechqurun esa shahar tashqarisidagi qarorgohiga doimo o‘tib turgan bir necha ko‘chalarga Islom Karimov nomi berishni taklif etgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
Mavzuga oid

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025