Jamiyat | 21:03 / 05.09.2016
21692
2 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda arvoh-ilon topildi

AQSh va Madagaskar olimlari oroldagi sudralib yuruvchilar oilasining yangi turini aniqlashdi. Madagascarophis lolo deb nomlangan ilonning shu paytga qadar aniqlanmaganiga uning tashqi ko‘rinishining o‘ziga xosligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Copeia jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan.

Ilonni talaba Bernard Randriamaxatantsoa Ankarana milliy bog‘idagi 26 km.lik piyoda sayri chog‘ida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik vaqtida aniqlagan. 

Biroq, zoologlar duch kelgan muammo shundan iborat ediki, ular yangi ilonning birgina namunasini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Uning tashqi ko‘rinishi ilonni qoyalar manzarasi bilan uyg‘unlashib ketishiga imkon bergani sabab, lolo ("luu luu" deya talaffuz qilinadi) deb nomlandi. U mahalliy tilda — "arvoh" degan ma'noni bildiradi.

Olimlar, yangi ilon turi avval ma'lum bo‘lgan sudralib yuruvchi vakili emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida, uning to‘liq morfologik tasvirini yozib, DNK tahlilini amalga oshirishgan. Shundan so‘ng, sudralib yuruvchilar oilasi yana bir yangi tur bilan boyigani xaqida e'lon qilingan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid