Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Saudiya Arabistoni Osiyo va AQSh uchun neft narxini ko‘tardi
Jahonning eng yirik neft eksport qiluvchi Saudi Aramco neftgaz davlat korporatsiyasi arab yengil nefti navining narxini o‘zgartirishga qaror qildi. Endilikda, uning bir barreli Osiyodagi mijozlari uchun 90 sentga, amerikaliklar uchun 50 sentga qimmatroq sotiladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
Biroq, ta'kidlash joizki, Osiyo uchun belgilangan narx ham hududiy o‘rtacha qiymatdan 20 sentga arzondir.
Yaqin sharq neftining Osiyo bozori uchun boshqa navlari qiymati barreliga 70-95 sent atrofida o‘zgargan. Amerika bozori uchun 20-30 sent atrofida qimmatlashgan. Ayni chog‘da, Saudiya podshohligi shimoliy Yevropa va O‘rta yer dingizi mintaqasidagi xaridorlar uchun neft narxini arzonlashtirgan. Narxlar faqatgina oktabr oyida yetkazib berishga oidligi qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025