Soar Atlas loyihasi vakillari yaqinda Saudiya Arabistonida barpo etilayotgan «Közgu çiziği» (The Line) nomli gorizontal osmonöpar bino qurilişi jarayonini körsatuvçi sun’iy yöldoş suratlaridan yiğilgan videorolikni e’lon qildi.
«Közgu çiziği»ni barpo etiş rejasi haqida Saudiya Arabistoni valiahdi şahzoda Muhammad bin Salmon 2021 yil yanvar oyida ma’lum qilgan edi. U bu loyihani Misr piramidalari kabi ramziy va abadiy ahamiyatga ega bölgan inşootga aylantirişni maqsad qilayotganini aytgan.
Rejaga köra, «Közgu çiziği» balandligi 500 metr bölgan, çöl, sohilböyi va toğli landşaftlar oralab 120 kilometrga çöziladigan ikki parallel binodan iborat bölişi kerak edi. Ularning osti orqali şaharning barça qismlarini boğlaydigan yuqori tezlikdagi temiryöl ötişi ham közda tutilgan.
Dastlab qurilişni 2030 yilga qadar yakunlaş rejalaştirilgan edi. Biroq bugungi kunga kelib, Ar-Riyod hukumati öta ulkan va nihoyatda katta uşbu loyihaning kamçiliklarini tan oldi. Endilikda u data-markazlar uçun hab yaratişga yönaltirilişi mumkin, quriliş işlari esa töxtatilgan.
Bu özgarişlar Ar-Riyodning davlat moliyasini nazorat qilişga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida yuz bermoqda. Bu holat yirik xarajatlar bilan ötgan ön yillikdan keyin likvidlikning qisqarişi va neft narxlarining past darajada saqlanib qolayotgani bilan izohlanmoqda.









