Jamiyat | 19:13 / 05.09.2016
9728
1 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘l tumanida prezident xotirasiga ehson tadbiri o‘tkazildi

Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani markazidagi O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash uchun tashkil etilgan maydondan uch kundirki gul ko‘tarib kelayotgan insonlar safi uzilmaydi.  

Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan so‘lim “Qumbozor” choyxonasida marhumning xotirasiga o‘zbekona urf-odatlarga binoan ehson oshi tarqatildi.

Tumanning barcha hududlaridan kelgan nuroniy oqsoqollar, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘zbek xalqining suyukli yo‘lboshchisi Islom Karimovga ehtirom bilan Qur'on xatm qilinib, u kishining haqqiga duolar qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid