Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinköl tumani “Qoraqalpoq” mahallasida joylaşgan 38-umumta’lim maktab direktori maktab öquvçilarini kaltaklayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Unda maktab direktori ikki nafar öquvçini darsni buzayotganlikda ayblab, boş qismidan urganligini köriş mumkin.
Holat yuzasidan Andijon viloyat Maktabgaça va maktab ta’lim boşqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. Unga köra, hodisaga aniqlik kiritiş maqsadida boşqarma mas’ullari tomonidan işçi guruh tuzilib, örganiş işlari olib borilmoqda.
“Şu örinda Andijon viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi zöravonlikning har qanday turini keskin qoralagan holda, öqituvçi va öquvçi munosabatlarida pedagogik etika qoidalariga rioya etiş zarur ekanligini ma’lum qiladi”, deyiladi boşqarma munosabatida.
Holatga Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi. Unda keltirilişiça, maktabning 8-sinf öquvçisi Q.M. sinf xonasida pirotexnika vositasidan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori göyoki tarbiyaviy maqsadda Q.M.ni va sinfdagi boşqa bir neçta bolalarni kaltaklagan. Qöşimça qilinişiça, Oltinköl tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Örganiş yakunlariga böyiça batafsil ma’lumot berilişi ma’lum qilingan.
Oldinroq Asaka tumanidagi 34-ixtisoslaşgan maktabda öquvçi maktabdoşini kaltaklagani xabar qilingandi.








