Jamiyat | 17:01 / 05.09.2016
9447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madinadan Makkaga yetib borishdi

Foto: Muslim.uz

Erta tongda Madina shahridan Makkai mukarramaga yo‘lga chiqqan qashqadaryolik hojilarimiz eson-omon yetib keldilar, deb yozmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti. 

Ziyoratchilarni ishchi guruh vakillari kutib olib, mehmonxonaga joylashtirdilar. Ziyoratchilarimiz tashkiliy ravishda guruh rahbarlari boshchiligida Umra amalini Harami sharifda ado etdilar va muhtaram Yurtboshimizning oxiratlari obod bo‘lishini hamda yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi hamda xalqimiz yanada farovon bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duolar qildilar. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid