Jahon | 09:26 / 06.09.2016
5033
1 daqiqa o‘qiladi

Addis-Abebadagi muxolif siyosatchilar saqlanadigan qamoqxonada chiqqan yong‘in sababli 23 kishi halok bo‘ldi

Addis-Abebadagi qamoqxonada chiqqan yong‘in sababli 23 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Al-Jazeera”.

Ma'lum qilinishicha, voqea muxolif siyosatchi hamda jurnalistlar saqlanadigan Kilinto qamoqxonasida sodir bo‘lgan.

Telekanal bergan ma'lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning asosiy qismi yong‘indan chiqqan tutun sababli vafot etgan. Hozirda yong‘in sababi oshkor qilinmagan.

Mahbuslarning asosiy qismi Efiopiya poytaxidagi hukumatga qarshi kechgan ommaviy namoyishlarda qo‘lga olingan.

 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid