Bloger şikoyati: Bitta firmani yopiş uçun 76ta hujjat va 5 oy vaqt!
|23:00 / 06.09.201632 95110 min
Bloger Davronbek Tojialiyev öz blogiga "Tirigidan öligi qimmat: firma yopiş maşmaşalari" sarlavhasi ostida post joylaştirdi.
Quyida uşbu post özgartirişlarsiz keltiriladi.
Özim şaxsiy firma oçib, yuritib körmaganman. 2 yil oldin döstimning iltimosi bilan uning firmasiga direktor böldim. Firma faoliyat yuritmagani bois “nolevoy” hisobot topşirib turdik. Keyin boşlandi: hokimiyatdan qönğiroq, statistika boşqarmasidan, soliq qömitasidan, bankdan… Unga hisobot topşir, bunga topşir, uni töla-buni töla…
2016 yilning mart oyi boşlarida işlamayotgan firmani yopişga qaror qildim. Tanişlardan suriştirdim, yöl-yöriq söradim. Kimdir firmani yopişda yordam beruvçi yollanma kişilar borligini, ularning xizmat haqi 200 dollardan 1000 dollargaça ekani, şu pulni berib, tinçgina qutuliş kerakligini aytdi. Birovga pora bermayman, oddiy xalq qanday qiynalsa, men ham şu usulda firmani yopaman, deb fikr qildim.
Agar firma 1 yil davomida faoliyat yuritmagan bölsa, soliq idorasida bankdan bu haqda ma'lumotnoma va köçirma olib kelib berilsa, korxonani avtomatik tugatişga yönaltirişlari mumkin deyişdi. Buyoğiga firmani yopiş uçun tayyorlagan qoğoz-hujjatlarim haqida raqamlab yozib boraman.
Soliq idorasiga yuqoridagi hujjatni olib boriş uçun avvalo bankka xat (1) bilan murojaat qildim. 3 kundan söng menga javob xati (2) va köçirmani (3) berişdi. Uni olib tuman soliq qömitasining firmalarni likvidatsiya qiliş bölimiga uçradim. Bölim mutasaddisi muddaomni tinglagaç, bunday amaliyot hozirda qöllanmayotganini, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 630-sonli qaroriga köra, ixtiyoriy tugatiş lozimligini tuşuntirdi.
Tadbirkorlik sub'yektlarini ixtiyoriy tugatiş uçun tuman hokimiyatining “Yagona darça” markaziga bordim. Ular kerak böladigan dastlabki hujjatlar röyxatini berişdi:
- Firma yopilayotgani haqida gazetaga e'lon (4).
- “Yagona darça markazi”ga ariza (5).
- Firmani tugatiş haqida ta'sisçilar majlisi protokoli (6).
- Firmani tugatiş haqida ta'sisçilar qarori (7).
- Firmani tugatuvçining pasport nusxasi (8).
Uşbu hujjatlarni tayyorlab (gazetada e'lon çop etilişiga 1 hafta ketdi), “Yagona darça” markaziga topşirdim. Ular uşbu hujjatlar asosida soliq qömitasiga xat yuboradigan bölişdi. 10 kunlardan keyin soliq qömitasiga çaqirişdi. Soliq qömitasi tekşiruvi uçun quyidagi hujjatlarni olib kelişimni aytişdi:
Mavzuga oid
- Ta'sis hujjatlari (9).
- Direktorning pasport nusxasi (10).
- Boş hisobçining pasport nusxasi (11).
- Tekşiruvlar röyxati kitobi (12).
- Ijara şartnomasi (13).
- Kadastr şartnomasi (14).
- Elektr energiyasi şartnomasi (15).
- Ustav fondini taşkil etiş hujjati (16).
- Lisenziya (17).
- Kadastr hujjati (18).
- Investitsiya va dividentlar rasşifrovkasi (19).
- Hisob siyosati (20).
- Hisobotlar, soliqlar balansi (21).
- Ştatlar jadvali (22).
- Xalq banki yillik akt-sverkasi (23).
- Debit va kredit rasşifrovkasi (24).
- Sönggi çek daftari (25).
- Asosiy vositalar rasşifrovkasi (26).
- TMTs rasşifrofkasi (27).
- Iş haqi kitobi (28).
- Iş haqi vedomostlari (29).
- Kassa kitobi (30).
- Plastik kartalar röyxatnomasi (31).
- Inkassatsiya şartnomasi (32).
- Eksport-import şartnomalari (33).
- Soliqlar jadvali (34).
- Likvidatsion balans (35).
- Kirim-çiqim hisob-fakturalari (36).
- Şartnomalar (37).
- Yillik 01, 10, 20, 28, 29 hisobotlar (38).
Röyxatni körib huşim öçdi. Buxgalteriyani yaxşi tuşunmayman. Bor hujjatlarni keltirib berdim. Keyin quyidagi hujjatlarni taqdim etiş haqidagi soliq qömitasi xatini bankka topşirib, javobini olib kelişimni aytişdi:
- Bankdagi barça birlamçi, ikkilamçi va maxsus hisob raqamlari va valyuta hisob raqamlari böyiça muhr va imzo bilan tasdiqlangan köçirma (39).
- Eksport va import operatsiyalarining mavjudligi va ijrosi haqida töliq ma'lumot (40).
- Boşqa bank muassasalarida valyuta, ikkilamçi, maxsus va boşqa hisob raqamlarining mavjudligi va valyuta qoldiği haqida ma'lumot (41).
- Kartoteka №2 ning mavjudligi va iş haqi böyiça qarzdorlik mavjudligi haqida ma'lumot (rasşifrovkasi bilan) (42).
- Bank ssudalari va kreditlari böyiça ma'lumot (43).
- Debitor va kreditor qarzlari mavjudligi haqida ma'lumotnoma (44).
- Hisob raqamidagi pul va valyuta mablağlari qoldiği böyiça ma'lumot (45).
- Korxonaning hisob raqami yopilgan bölsa, yopilgan sana va sabablari böyiça ma'lumot (46).
- Xizmat körsatuvçi bank muassasasidan örnatilgan kassa limiti böyiça alohida yillar böyiça ma'lumot (47).
- Bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqi kimga berilganligi nusxasi (48).
15 aprel kuni bankdan hujjatlarni olib, soliq qömitasiga topşirdim. Oradan bir oyça vaqt ötdi. Moliyaviy va xöjalik faoliyati böyiça davlat soliqlari va majburiy tölovlarni Davlat byudjyetiga va boşqa jamğarmalarga töğri hisoblanişi va öz vaqtida byudjyetga ötkazilişi böyiça yakuniy tekşiruv boşlandi.
- Tekşiruv boşlanganligi haqida aktga muhr va imzo qöydim (49).
21 iyun kuni tekşiruv dalolatnomasini oldim. Tekşiruv asosida yöl qöyilgan xatolar va soliqqa tölaşim kerak bölgan jarimalar bayon qilindi. Dalolatnoma (50), jismoniy şaxslar daromadidan daromad soliğining töğri hisoblanişi va öz vaqtida byudjyetga ötkazilişi yuzasidan ötkazilgan yakuniy tekşiruvning oraliq dalolatnomasi (51), elektr energiyasi iste'moli uçun tölovlarning tölanişi böyiça ötkazilgan yakuniy tekşiruvning oraliq dalolatnomasi (52) imzolandi. Ma'muriy javobgarlik töğrisida tuşuntiriş xati (53) olindi.
14 iyul kuni Özbekiston Respublikasining soliqqa oid qonunbuzarliklarini bartaraf etiş töğrisidagi Mirzo Uluğbek tumani DSI boşliğining qarori (54) çiqdi. Unga köra, 1 oy muddatda soliq idorasining jami beşta hisobiga tegişli qarz va jarimalarni tölaşim va eng kam iş haqining 3 baravari miqdorida ma'muriy jarima tölaşim kerak böldi.
Jarimalarni soliq idorasidagi kassa orqali tölaş töxtatilgan ekan. Bankdagi hisob raqamimizda pul yöq. Avvalo bankka naqd pul qöyib, kartoteka oçilişini kutdim. Söng beşta hisob raqamiga tegişli qarz va jarimalarni ötkazdim. Soliq hisob raqamlari özgargan ekan. Yana bir kun vaqtim ketdi. Ba'zi hisob raqamlariga Soliq qömitasi saytidan pul ötkazib bölmadi. Hisob varaği (55) tayyorlab, yana bankka keldim.
Soliq qarzdorligi yöqligi haqidagi ma'lumotnomani oliş uçun yana soliq idorasiga keldim. Ma'lumotnomani berişga mas'ul şaxs yana bir tekşirib çiqişini, hozir inkassa payti ekanini aytib, telefon raqamimni olib qoldi. Tayyor bölgaç, qönğiroq qilaman dedi. 4-5 kun ötgaç özim bordim. Qoğozni yöqotgan ekan. Ma'lumotnomani 15 daqiqada tayyorlab berdi.
Soliq tekşiruvlari, ma'lumotnomalar, tölovlar uçun soliq qömitasiga 15 marta qatnadim.
3 avgust kuni bank hisob raqamimni yopiş uçun quyidagi hujjatlar bilan bank idorasiga bordim:
Soliq qarzdorligi yöqligi haqidagi ma'lumotnoma (56).
Özbekiston Respublikasining soliqqa oid qonunbuzarliklarini bartaraf etiş töğrisidagi Mirzo Uluğbek tumani DSI boşliğining qarori nusxasi (57).
Bankdan oçilgan plastik kartoçkalari (58).
4 avgust kuni bankdan hisob raqamining yopilganligi, kartoteka va bankdan qarzi yöqligi haqida ma'lumotnomani oldim.
Şu kuni tuman sud ijroçilari departamentiga bordim. Ma'lumotnomani şahardan berişarkan. Buning uçun quyidagi hujjatlarni topşirdim:
- Qarzdorlik yöqligi haqidagi ma'lumotnoma oliş uçun ariza (59).
- Korxonani tugatiş haqidagi qaror nusxasi (60).
- Guvohnoma nusxasi (61).
- Likvidatorning pasport nusxasi (62).
- Ön iş kunida tayyor bölişini aytişdi.
5 avgust kuni şahar arxiv boşqarmasiga borib firma hujjatlarini topşirdim. Arxivga topşirişda quyidagi qoğozlarni ilova qildim:
- Tugatilayotgan firma hujjatlarini arxivga topşiriş uçun ariza (63).
- Topşirilayotgan hujjatlar akti (64).
- Soliq qarzdorligi yöqligi haqidagi ma'lumotnoma nusxasi (65).
- Tuman DSI boşliğining qarori nusxasi (66).
- Soliq tekşiruvi dalolatnomasi nusxasi (67).
- Guvohnoma nusxasi (68).
- Ustav nusxasi (69).
- Arxivga hujjatlarni topşiriş tölovi kvitansiyasi (70).
17 kuni tayyor bölgan quyidagi hujjatlarni olib, hokimiyatning yuridik şaxslar faoliyatini tugatiş bölimiga yöl oldim:
- Soliq qarzdorligi yöqligi haqidagi ma'lumotnoma (71).
- Bankdan hisob raqamining yopilganligi haqida ma'lumotnoma (72).
- Sud ijroçilari departamentidan taşkilotga nisbatan undiruv yöqligi haqidagi ma'lumotnoma (73).
- Hujjatlar arxivga topşirilgani haqidagi ma'lumotnoma (74).
- Guvohnoma asl nusxasi (75).
Yumaloq va burçak muhr.
Sentyabrning 3-lariga firmaning reyestrdan çiqarilganligi haqidagi ma'lumotnomani olişga kelişimni aytişdi. 6 sentabr kuni firmaning davlat reyestridan çiqarilganligi töğrisidagi (76) sönggi qoğozni oldim.
Firmani yopiş bilan boğliq barça qoğozlarni töldirişga 5 oy vaqt ketdi. Bu orada bankka 8 marta, soliq qömitasiga 15 marta, arxiv idorasiga 3 marta, sud ijroçilari departamentiga 3 marta, hokimiyatga 5 marta qatnadim.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan şaroitlar haqida deyarli har kuni matbuot va televideniyeda yoritilmoqda. Tadbirkorlik sub'yektini tezda, oson oçib olasiz, lekin uni yopiş uçun bu tartibdagi byurokratiyani boşdan keçirgan işbilarmon menga öxşab, “öta zarur bölmasa, qaytib firma ham oçmayman, direktor ham, ta'sisçi ham bölmayman” deyişi haqiqatga yaqin.
Aslida bunaqa byurokratiyaning kimga keragi bor? “Qoğozlar” sonini keskin qisqartiriş şart. “Yagona darça” oçildimi, marhamat, oxirigaça tadbirkorga yordamçi bölsin. “Yagona darça”da soliq, bank va boşqa taşkilotlar vakili ötirib, öz bazasi orqali korxonanini tekşirib çiqsin. Qarz va ştraflar şu yerning özida hal qilinsin.
Firma yopiş uçun 76ta (!) hujjat judayam köp. Balki yuqorida hujjatlar sonida börttirib yuborgandirman, boşqa holatlarni ham byurokratik tösiq sifatida baholagandirman. Lekin deyarli işlamagan firmani qonuniy yopiş şunça harakat, ovoragarçilik, eng asosiysi vaqt sarflaş inson umrini behuda sovurişdan boşqa narsa emas. Taraqqiy etgan zamonda yaşayapmiz. Axborotlaştiriş, elektronlaştiriş haqida bot-bot sözlayapmiz.
Albatta, fuqarolar uçun osonroq, qulayroq bölgan yeçimlar bor. Asosiy masala — qoğozbozlikdan voz keçib, eng minimal qoidalarni joriy etişda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi