Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“GM Uzbekistan” o‘z faoliyatini qaytadan boshladi
O‘zbekistonning Andijon viloyati Asaka shahridagi “GM Uzbekistan” AJ avtomobil ishlab chiqarishni qayta boshladi, deb xabar qilmoqda avtomobilsozlik korxonasi matbuot xizmati.
Ma'lumki, shu yilning 8 avgustidan e'tiboran, “GM Uzbekistan” Asaka zavodida o‘zining an'anaviy profilaktika ishlarini boshlagani xabar qilingan edi.
“GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasining Asakadagi zavodi an'anaviy profilaktikadan so‘ng faoliyatini qaytadan boshladi” , - deya ma'lum qilingan kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, 5-sentabrdan Asaka zavodidagi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilgan.