Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, yonğin haqidagi xabar 16 iyul kuni soat 23:43 da 112 tizimi orqali kelib tuşgan. Hodisa Andijon viloyati, Asaka tumani, Marğiloniy köçasida joylaşgan savdo rastasida sodir bölgan.

Xabar olingaç, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 23:48 da hodisa joyiga yetib borgan. Yonğin 17 iyul kuni soat 00:10 da töliq öçirilgan.

Yonğin oqibatida savdo rastasining taxminan 60 kvadrat metr maydondagi şift va tom qismi, şuningdek, kiyim-keçak mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.